Maqolalar (tezislar)ni rasmiylashtirish talablari:
\
\\
\ Maqolalar ilovada keltirilgan namuna asosida bo’lishi kerak. Maqolada muallifning familiyasi, ismi (to'liq), ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, lavozimi, ish joyi (to'liq) keltirib o’tiladi. Maqola hajmi 4-6 bet bo‘lishi kerak (jadvallar, rasmlar va nashrlar ro'yxati internet-resurslar bilan birgalikda). Alohida betda mualliflar to'g'risidagi ma'lumotlar (masalan, ismi, sharifi va lavozimi, mobil telefon raqami (kod bilan) va maqola (tezis) nomi o'zbek, rus va ingliz tillarida) berilishi kerak.
Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etilgan maqolalar rasmiylashtirish talablariga muvofiqligi hamda plagiat mavjudligiga tekshiriladi, shuningdek, mas’ul mutaxassislar tomonidan taqrizdan o‘tkaziladi.
Matnni tayyorlashda tegishli fan sohasidagi umumqabul qilingan atamalardan foydalanish zarur. Uzun qo‘shma gaplarni haddan tashqari ko‘p ishlatmaslik tavsiya etiladi.
Maqolalar tadqiqot turidagi ilmiy nashrlarga mos keladigan aniq tuzilishga ega bo‘lishi, ya’ni quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: kirish (dolzarbligi, ilmiy ahamiyati, adabiyotlarning qisqacha sharhi, ishning maqsadi); muammoning qo‘yilishi; yechish usullari yoki nazariy qism; natijalar va ularning muhokamasi (ishonchlilik, amaliy ahamiyati, taklif va tavsiyalar); olingan natijalar va umuman bayon etilgan ilmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha xulosa yoki tavsiyalar.
Maqolaning bibliografik va referativ tavsifi elementlariga quyidagilar kiradi: maqola nomi; mualliflar haqida ma’lumot; 100-250 so‘zdan iborat annotatsiya; 5-6 ta kalit so‘zlar; oxirgi yillarda kanida 17-20 ta nufuzli nashrlarda e’lon qilingan manbalardan iborat adabiyotlar ro‘yxati.
Maqolalarni rasmiylashtirish shablonlari va mualliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu axborot xatiga ilova qilinadi.
Maqola (tezis) uchun tashkiliy to'lov –
200 000 so‘m.
Anjumanning maqola (tezis) to’plami va sertifikatlar mualliflarga elektron tarzda yuboriladi.
To‘lov: Maqola uchun to‘lovlar Click va Payme to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy qo'mitaga kechikib kelgan va talablarga javob bermaydigan maqolalar (tezislar) chop etilmaydi.Maqola (tezis) matni talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi va elektron shaklda konferensiyaning elektron manzili (
https://conference-list.uz)ga yuboriladi.
Tashkiliy qo’mita haqida ma’lumot: Toshkent sh., Amir Temur ko’chasi, 108. TATU, “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakulteti dekanati, C bino 3-qavat, 320- xona.